Rasman: Sardor Sulaymonov "Surxon"ga o'tdi
06 jan 2020 17:39
Yangiliklar


Rasman: Sardor Sulaymonov "Surxon"ga o'tdi
Superliga jamoalari tarkiblarini kuchaytirishda davom etishmoqda.
Jumladan, Termizning "Surxon" klubi ham yana bir transferni amalga oshirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. O'tgan mavsumda "Buxoro" jamoasi sharafini himoya qilgan tajribali hujumchi Sardor Sulaymonov bugun "Surxon" jamoasi tarkibiga kelib qo'shildi.
Sulaymonov shu kungacha "Dinamo", "Navbahor", "Andijon", "Buxoro" jamoalarida to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar