Rasman: Samarqandning "Dinamo"si braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
18 fev 17:31
Yangiliklar
Rasman: Samarqandning "Dinamo"si braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
"Dinamo"ning Turkiyadagi yig'inida murabbiylar ko'rigida ishtirok etgan Jurani Fransisko Ferreyra yoki qisqacha Ratino taxallusli braziliyalik tayanch yarim himoyachi Samarqand klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 27 yoshli Ratino "Dinamo"ning "Aktobe" (3:1) va "Dinamo Tblisi"ga (1:0) qarshi o'yinlarida gol urish bilan birga murabbiylarda iliq taassurot qoldirdi.
Ratino hozirgacha Braziliyaning Pernambukano chempionatida "Maguari Atletika" klubi sharafini himoya qilayotgan edi. U 2024 yil klubi safida 6 o'yinda 2ta golga mualliflik qilgan. Ratino "Dinamo"ga erkin agent sifatida qo'shildi.
"Braziliyalik legioner o'tgan yillar davomida o'z mamlakatidagi turli klublarda Pernambukano, Goiano, Paraense chempionatlarida muvaffaqiyatli to'p surgan. SHuningdek, Ratino 2019 yil Janubiy Koreyaning "Kvanchju" klubida Key-liga 1 g'olibi bo'lgan", - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar