Rasman: "Roma" futbolchisi boshqa klubga o'tdi
13 iyu 2019 14:58
Yangiliklar


Rasman: "Roma" futbolchisi boshqa klubga o'tdi
Braziliyaning "Flamengo" klubi "Roma" yarim himoyachisi Jerson Santos bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar tarqatdi. SHartnoma narxi 11,8 million evroni tashkil etdi.
"Roma" bundan tashqari keyingi sotuvdan 10% hissa oladi.
Qayd etish kerakki, futbolchiga Moskvaning "Dinamo" klubi ham qiziqayotgan edi. Rus klubi xavbekka 13 million evro taklif qilgan.
Jerson yakunlangan mavsum "Fiorentina" tarkibida ijara asosida harakat qildi. U 40ta o'yinda 3ta gol urishga erishgan.
"Roma" Jerson bilan 2016 yilda shartnoma imzolagan. U Rim klubi libosida 42ta o'yinda maydonga tushgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar