Rasman: "Roma" De Rossini istefoga chiqardi
18 sen 12:37
Yangiliklar
Rasman: "Roma" De Rossini istefoga chiqardi
Italiyalik mutaxassis Daniele De Rossi "Roma" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.
Bu haqda poytaxt klubi rasmiy sayti xabar berdi.
"Bu qaror jamoa manfaatini ko'zlab qabul qilindi. Mavsum endigina boshlangan va biz tezda hammasini o'nglab olishimiz kerak. Bajarilgan ishlar uchun De Rossiga katta rahmat", – deyiladi "bo'rilar" xabarida.
Eslatib o'tamiz, De Rossi 2024 yilning yanvaridan buyon Rim jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelayotgandi. "Roma" Italiya chempionatini omadsiz boshladi va to'rt turda bor-yo'g'i 3 ochko to'pladi. Jamoa A Seriya turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar