Rasman: "Roma" darvozaboni "Lans" safiga qo'shildi
21 jan 17:58
Yangiliklar


Rasman: "Roma" darvozaboni "Lans" safiga qo'shildi
"Lans" "Roma" va Avstraliya terma jamoasi darvozaboni Metyu Rayan bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
32 yoshli darvozabonning francuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Bitim 800 ming evroni tashkil etdi.
Rayan "Roma"ga 2024 yilning yozida erkin agent sifatida o'tgandi. Avvalroq u "Bryugge", "Valensiya", "Brayton", "Arsenal", "Kopengagen", "Real Sosedad" va "AZ Alkmaar" jamoalarida harakat qilgan.
Transfermarkt Rayanning transfer narxini 2,5 mln evroga baholamoqda.
Avvalroq "Lans" posboni "Renn"ga o'tgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar