Rasman: "Roma" bosh murabbiysiz qoldi
07 mar 2019 22:32
Yangiliklar


Rasman: "Roma" bosh murabbiysiz qoldi
Eusebio Di Franchesko "Roma" bosh murabbiyligidan ozod etildi.
"Eusebioga minnatdorchilik bildiraman. U har doim o'z ishiga professional tarzda yondashdi. Uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz", - dedi klub prezidenti Jeyms Pallotta.
Mutaxassis 2017 yilda "Roma" boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Uning qo'l ostida jamoa kecha "Portu"ga mag'lub bo'ldi va ECHLni tark etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar