RASMAN: Riberi yana bir yil "Bavariya"da qoladi

Aslanov Jasurbek
7 may 2018, 18:13
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi o'z klubi bilan shartnomasini uzaytirdi.

Fransiyalik futbolchining yangi kelishuvi 2018/19 mavsum oxirida yakuniga etadi.

35 yoshli "Bavariya" xavbeki "Tvitter" orqali quyidagilarni ma'lum qildi:

"Bavariya" bilan 2019 yilgacha bo'lgan yangi shartnoma imzolaganimdan xursandman".

Riberi 2007 yildan beri nemis grandida to'p tepadi. U "Bavariya" tarkibida sakkiz karra Germaniya chempioniga aylandi, Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi, besh martadan mamlakat Kubogi va Superkubogida zafar quchdi, UEFA Superkubogi va nemis liga Kubogini qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbayern.de