Rasman: "Real" futbolchisi Oskar Rodriges "Sevilya"ga o'tdi

Alisher
30 avg 2020, 10:43
"Sevilya" "Real" yarim himoyachisi Oskar Rodrigesning transferini e'lon qildi.

"Sevilya" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 22 yoshli xavbek yangi klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

"Real" tarbiyalanuvchisi bo'lgan ispaniyalik futbolchi klubning asosiy jamoasida umuman o'ynamagan va so'nggi ikki mavsumni ijara asosida "Leganes"da o'tkazdi.

Futbolchi umumiy La Ligada 61ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sevillafc.es