Rasman: "Real" futbolchisi "Bavariya"dan ketmoqda
04 iyu 2019 20:20
Yangiliklar


Rasman: "Real" futbolchisi "Bavariya"dan ketmoqda
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges ikki yillik ijaradan so'ng "Bavariya" klubini tark etadi.
Bu haqda klub direktori Karl-Xaync Rummeninge xabar berdi.
"Qaror qabul qilib bo'lingani rost. Sababi, Xames mavsum yakunlanmasidan turib, uni sotib olish variantini faollashtirmasiligimizni so'radi. Uning qaroriga qarshi ish qilish hech qanday manoga ega emas", - deya Rummeninge Xamesning "Bavariya" klubidagi safari qariganiga ishora qildi.
Malumot uchun, 27 yoshli "Real" yarim himoyachisi o'tgan ikki mavsumni myunxenliklar bilan o'tkazdi – 43 o'yin, 14 gol, 15 assist. U 2 karra Bundesliga g'olibiga aylandi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar