Rasman: "Real" futbolchisi "Bavariya"dan ketmoqda

4 iyun 2019, 20:20
Kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodriges ikki yillik ijaradan so'ng "Bavariya" klubini tark etadi.

Bu haqda klub direktori Karl-Xaync Rummeninge xabar berdi.

"Qaror qabul qilib bo'lingani rost. Sababi, Xames mavsum yakunlanmasidan turib, uni sotib olish variantini faollashtirmasiligimizni so'radi. Uning qaroriga qarshi ish qilish hech qanday manoga ega emas", - deya Rummeninge Xamesning "Bavariya" klubidagi safari qariganiga ishora qildi.

Ma'lumot uchun, 27 yoshli "Real" yarim himoyachisi o'tgan ikki mavsumni myunxenliklar bilan o'tkazdi – 43 o'yin, 14 gol, 15 assist. U 2 karra Bundesliga g'olibiga aylandi

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com