Rasman: Ravshan Xaydarov "Surxon" jamoasi bosh murabbiyi
04 iyu 2020 11:50
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/578793_original.jpg)
![](/upload/storage/578793_220.jpg)
Rasman: Ravshan Xaydarov "Surxon" jamoasi bosh murabbiyi
O'zbek futbol muxlislari uchun yaxshi tanish bo'lgan tajribali murabbiy Ravshan Xaydarov rasman "Surxon" futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Ravshan Akmalovich faoliyati davomida "Paxtakor" jamoasi bilan bir necha bora O'zbekiston chempioni va kubogini qo'lga kiritgan. Uzoq yillar davomida O'zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarini boshqargan. 2018 yili O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bilan Osiyo kubogi g'olibligini qo'lga kiritgan va shu yili O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi ham bo'lgan.
Ravshan Akmalovich bugungi kunda O'zbekiston (U-23) yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi ham hisoblanadi.
Biz ishonamizki, Ravshan Akmalovich o'ziga bildirilgan ishonchni oqlab, Surxondaryo futboli ravnaqiga ham o'z hissasini qo'shadi", - deb yozadi "Surxon" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar