Rasman: Qozog'istonlik futbolchi "Chelsi"ga o'tdi
10 fev 2025 15:38
Yangiliklar
Rasman: Qozog'istonlik futbolchi "Chelsi"ga o'tdi
Hujumchi Dastan Satpaev faoliyatini Londonning "Chelsi" jamoasida davom ettiradi.
Bu haqda Olmaota klubi matbuot xizmati malum qildi.
"Qayrat" va "Chelsi" 16 yoshli hujumchining transferi borasida kelishuvga erishgan. 2026 yilning yozida, balog'at yoshiga etganidan so'ng, u rasman ingliz klubiga o'tadi. Ungacha Satpaev "Qayrat" safida o'ynashda davom etadi.
Dastan Olmaota shahrida tug'ilgan, 8 yoshida "Qayrat" akademiyasiga kirib, tayyorgarlikning barcha bosqichlaridan o'tgan. 2024 yilning may oyida 15 yoshli Satpaev asosiy jamoada debyut qilgan "Qayrat" tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar