Rasman: PSJ Verratti bilan yangi shartnoma imzoladi
31 okt 2019 07:50
Yangiliklar


Rasman: PSJ Verratti bilan yangi shartnoma imzoladi
PSJ italiyalik futbolchisi bilan yangi kelishuvni imzoladi.
Endi Marko Verratti PSJda 2024 yil yoziga qadar to'p suradi. Tomonlar bu boradagi yangi kelishuvni imzoladi. Markoning avvalgi shartnomasi 2020/21 yilgi mavsum oxiriga etar edi.
26 yoshli Verratti PSJ safida 2012 yildan beri to'p suradi. U klub bilan 290 ta o'yinda ishtirok etib, 9 ta gol urgan va 48 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar