So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Rasman: Pro-liganing hal qiluvchi o'yini 1 dekabrda o'tishi tasdiqlandi Yangiliklar

Rasman: Pro-liganing hal qiluvchi o'yini 1 dekabrda o'tishi tasdiqlandi

Pro-liganing 20-turida hal qiluvchi bahs bo'lib o'tadi.

Unda "Neftchi" va "Turon" klublari Superligaga chiqish uchun kurash olib borishadi. Ana shu uchrashuv aslida 29 noyabr sanasida o'tkazilishi lozim edi. Lekin, 24 noyabrda mazkur to'qnashuv sanasi o'zgargani va u 1 dekabr sanasida bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.

Eshitdik-da! PRO-Liganing hal qiluvchi o'yini sanasi o'zgardi


PFL matbuot xizmati biroz avval ana shu xabarni tasdiqlovchi malumotni chop etdi.

"SHu yilning 29 sentyabr kuni Pro liga 20-turi doirasida “Neftchi” — “Turon” uchrashuvi o'tkazilishi kerak edi. Mazkur o'yin finalga teng ahamiyat kasb etayotganidan va har ikki klubda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyati bor ekani quvonarli holat. 

29 noyabr kuni Toshkentda Superliga g'olibi “Paxtakor” futbol klubini taqdirlash marosimi o'tkaziladi. O'zPFL ishchi guruhi marosimni yuqori saviyada o'tkazish uchun shu kuni Toshkent shahrida bo'ladi. 

Biz albatta Pro liga g'olibini taqdilash marosimi ham yuqori saviyada o'tishini istaymiz. Ayni vaqtda O'zPFL taqdirlash marosimi yaxshi saviyada o'tishi ustida ish olib boryapti. Vodiy derbisi muxlislar xotirasida yaxshi manoda uzoq saqlanib qolishidan barchamiz birdek manfaatdormiz. 

Uchrashuv UzReport telekanalida bevosita efirga uzatilishi va finalga teng bu o'yin alohida ahamiyat kasb etishidan kelib chiqib, 29 noyabr sanasiga belgilangan “Neftchi” — “Turon” o'yini 1 dekabr — seshanba kuni “Istiqlol” stadionida o'tadigan bo'ldi. Mazkur holat futbol jurnalistlari uchun ham qulaylik yaratib beradi", - deyiladi PFL xabarida.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика