Rasman: Pro liga to'purari "Dinamo"ga o'tdi
08 jan 2024 13:32
Yangiliklar
Rasman: Pro liga to'purari "Dinamo"ga o'tdi
Superliga yangi mavsumi oldidan selekciya ishlari jarayonida "Dinamo" murabbiylar shtabi ko'z ostiga olib qo'yilgan yana bir o'yinchi jamoa azosiga aylanganini rasman elon qildi.
"Pro liga 2023 yilgi mavsumining eng yaxshi to'purariga aylangan Anvar Hojimirzaev "Dinamo" klubiga o'tishga qaror qildi. Yarim himoya va hujumda bir xil o'ynay oladigan 29 yoshli futbolchi bilan bugun bir yillik shartnoma imzolandi", – deyiladi "Dinamo" xabarida.
Anvar Hojimirzaev 2023 yilgi mavsum "Qo'qon-1912" safida Pro ligada 20 ta o'yinda 16 ta gol va 6 ta assistga mualliflik qilgan.
29 yoshli hujumchi bugun "Lokomotiv" yoshlariga qarshi nazorat o'yinida gol urishga ham ulgurdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar