Rasman: Pochettino "Tottenxem" bilan shartnomasini uzaytirdi
25 may 2018 12:33
Yangiliklar


Rasman: Pochettino "Tottenxem" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "shporlar" bilan shartnomasini uzaytirdi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, 46 yoshli mutaxassis jamoa bilan 2023 yilga qadar ishlaydi. SHuningdek, uning yordamchilari Xesus Peres, Migel D'Agostino va Toni Ximenes ham o'z faoliyatini davom ettirishadi.
Pochettino 2014 yildan buyon "Tottenxem"ni boshqarmoqda. O'tgan mavsumda uning qo'l ostidagi jamoa APLning 3-pog'onasini egalladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar