Rasman: Pochettino PSJ bosh murabbiyi!
02 jan 2021 20:25
Yangiliklar


Rasman: Pochettino PSJ bosh murabbiyi!
Parijliklar Maurisio Pochettino jamoaning yangi bosh murabbiyi bo'lganini elon qildi.
U 2019 yil noyabrida “Tottenxem”dan istefoga chiqqanidan so'ng ishsiz edi. PSJ ushbu haftada Tomas Tuxel bilan kelishuvni bekor qilgandi.
Pochettino jamoa bilan 2022 yil yoziga qadar bitim imzoladi. Barchasi ijobiy kechsa shartnoma yana uzaytirilishi mumkin.
PSJ Liga 1 17 turidan keyin 35 ochko to'plagan holda 3-o'rinda bormoqda. Pochettinoning debyuti esa 6 yanvar kuni “Sent-Eten”ga qarshi bahsda yuz berishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar
23:10
Klublar o'rtasidagi JCH. PSJ to'qqiz kishi bo'lib "Bavariya"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi 174

Fikrlar