Rasman: Paulo Fonseka - "Roma" bosh murabbiyi
11 iyu 2019 13:57
Yangiliklar


Rasman: Paulo Fonseka - "Roma" bosh murabbiyi
"SHaxtyor" sobiq bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Roma"ni qabul qilib oldi.
46 yoshli mutaxassis klub bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu muddat yana 1 yilga uzaytirilishi mumkin.
"Men "Roma" bosh murabbiyligiga tayinlanganimdan xursandman. Klub menga bu imkoniyatni taqdim etgani uchun rahmat aytaman. Men hayajonlanyapman, ammo bizni kutib turgan qiyinchiliklar tufayli ishimga g'ayrat bilan yondashaman. Rimga ko'chib o'tishni, muxlislar bilan ko'rishishni va ish boshlashni intizorlik bilan kutyapman. O'ylaymanki, biz birgalikda ajoyib ishlar qila olamiz", - deydi portugaliyalik murabbiy.
O’xshash yangiliklar
22:54
Bahrom Haydarov: "Yutqazayotgan vaqtimizda ham rejamizdan chekinmadik va haqli g'alabaga erishdik" 2

Fikrlar