Rasman: O'zbekiston terma jamoasi Dubayda Evropa jamoasi bilan o'ynaydi
06 dek 2019 23:31
Yangiliklar


Rasman: O'zbekiston terma jamoasi Dubayda Evropa jamoasi bilan o'ynaydi
Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ham xabar qilgandi.
Mazkur yig'in fevralda ko'plab klublarimiz yangi mavsumga BAAda tayyogarlik ko'rayotgan paytda o'tkazilishi ko'zda tutilgan. Bo'lajak yig'in doirasida terma jamoamiz Evro-2020ga pley-off bosqichi orqali chiqishga tayyorgarlik ko'rayotgan Belarus bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Bu haqda Belarus matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O'yin 23 fevral kuni Dubay shahrida bo'lib o'tadi.
Malumot o'rnida: Belarus terma jamoasini ayni paytda Mixail Marxel boshqarmoqda. Jamoa Evro-2020 saralash bosqichida Germaniya o'rin olgan guruhda 4-o'rinni egallab, pley-off bosqichi orqali Evropa chempionatiga chiqishga urinib ko'rish imkonini qo'lga kiritdi. Belarus terma jamoasining Evro-2020 pley-off bosqichidagi raqibi Gruziya. Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'tish o'yini 26 mart kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar