Rasman: Oleg Zoteev – "Andijon" azosi!
30 dek 2024 18:49
Yangiliklar
O'zbek futbolida o'z nomiga va o'rniga ega bo'lgan 35 yoshli tajribali futbolchi Oleg Zoteev "Andijon" bilan shartnoma imzoladi va u endi rasman "burgutlar" azosiga aylandi.
2024 yilni "So'g'diyona"da o'tkazgan qanot himoyachisi Superliga va Kubok bahslarida hammasi bo'lib 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Zoteev ushbu o'yinlar mobaynida 4 ta gol urdi va 5 ta golli pasni uzatdi.
Oleg faoliyati mobaynida OKMK, "Bunyodkor", "Lokomotiv", "CHonnam Dragons" (Koreya Respublikasi), "Qizilqum" va "So'g'diyona"da to'p tepgan.
O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 27 ta o'yinda maydonga tushgan va 1 ta gol muallifi bo'lgan.
Zoteev shu kungacha Koreya Respublikasi Kubogini yutgan. O'zbekiston chempionatida ham bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan. SHuningdek, 2024 yilgi O'zbekiston Superligasida yil ramziy terma jamoasidan joy olgan.
Avvalroq uning yangi jamoasi vodiy klubi bo'lishi haqida xabar bergan edik.
Fikrlar