So’nggi yangiliklar

22:11Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  14 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  27 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   24 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  19 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  3

Rasman: OKMK yaponiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi Yangiliklar

Rasman: OKMK yaponiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi

Teglar :  Arihiro SentokuOKMK
Arihiro Sentoku - OKMK futbolchisi.

Olmaliqning OKMK klubi jamoada bir necha kundan beri ko'rikdan o'tayotgan yaponiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaganini malum qildi.  Arihiro Sentoku yangi mavsumdan olmaliqliklar safida harakat qiladi.

"Transfer oynasi yopilishiga sanoqli onlar qolishiga qaramay Olmaliq klubi selekciya ishlarini jadallik bilan davom ettirmoqda.

Jamoamizning Turkiyadagi yig'inida 25 yoshli yaponiyalik Arihiro Sentoku ko'rikdan o'tdi va uning harakatlari murabbiylar shtabiga maqul keldi. 1998-yil 12-dekabrda Yaponiyaning Fukuoka shahrida tavallud topgan Arihiro Sentoku "konchilar"ning rasman futbolchisiga aylandi va tomonlar o'rtasida 3 yillik shartnoma imzolandi.

OKMKning yangi legioneri faoliyati davomida «Kom», «Podgoritsa», «Iskra», «Rudar» (barchasi CHernogoriya), «Vozdovats» (Serbiya) kabi klublarda to'p tepgan. SHuningdek, yarim himoyachi butun faoliyati davomida 176 ta o'yinda maydonga tushib 18 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan", -deyiladi OKMK bergan rasmiy xabarda.

OKMK safida yaponiyalik futbolchi ko'rikdan o'tmoqda

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика