OKMK safida yaponiyalik futbolchi ko'rikdan o'tmoqda

Narzulla Saydullayev
9 fev 2024, 18:50
OKMK klubining Turkiyadagi yig'ini davom etmoqda.

Ayni paytda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi jamoa Ukrainaning "Veres" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazmoqda. Olmaliq klubi safida yaponiyalik Arixiro Sentoku ko'rikdan o'tmoqda va bugun asosiy tarkibda maydonga tushdi.

1998 yil tug'ilgan futbolchi faoliyati davomida "Kom", "Podgorica", "Iskra", "Rudar" (barchasi Chernogoriya), "Vojdovac" (Serbiya) kabi klublarda to'p tepgan.

Transfermarkt portaliga ko'ra, Sentoku 125 ming evroga baholangan. Hujumkor yarim himoyachi butun faoliyati davomida 176ta o'yinda maydonga tushib 18ta gol urgan va 3ta golli uzatmani amalga oshirgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia