Rasman: Neymar “Puma” bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi
12 sen 2020 19:40
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/591786_original.jpg)
![](/upload/storage/591786_220.jpg)
Rasman: Neymar “Puma” bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi
PSJ forvardi “Nike” bilan kelishuvi yakunlangandi.
“Puma” kompaniyasi braziliyalik bilan uzoq yillik shartnoma imzolagan bo'lib, endi 28 yoshli o'yinchi Puma King butsalarida o'ynaydi. SHuningdek, Neymar kompaniyaning yuziga ham aylandi.
“Men Pele, Kroyff, Eysebio va Maradona kabi buyuk afsonalarning videolarini tomosha qilib katta bo'lganman. Ular maydon qirollari edi, men yoqtirgan sportning qirollari. Men mazkur sportchilar yaratgan merosni qaytarmoqchiman. Ularning har biri “Puma”da o'ynagan va “The King” (butsa)da o'z sehrlarini ko'rsatishgan. Qirol qaytdi!”, deya aytgan Neymar.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar