Rasman: “Milan” yangi darvozabon bilan shartnoma imzoladi
27 may 2021 19:20
Yangiliklar
Rasman: “Milan” yangi darvozabon bilan shartnoma imzoladi
“Lill” kiperi Mayk Menyan “Milan” azosiga aylandi.
25 yoshli francuz “rossonerilar” bilan 2026 yil yozigacha shartnoma tuzdi. U jamoada 16-raqam ostida darvozani qo'riqlaydi.
Avvalroq, “Milan” Menyanning transferi uchun 13+2 evro sarflashi va u milanliklar tarkibida yiliga 2,5+0,5 mln evro olishi xabar qilingandi.
Darvozabon yakunlangan mavsum “Lill” bilan Franciya chempionligini qo'lga kiritdi. U Liga 1 doirasida 38 o'yinda qatnashib, 21 bahsni “quruq” o'tkazdi.
“Milan” Menyanni yozda klubni erkin agent sifatida tark etadigan Janluiji Donnarummaning o'rniga xarid qildi.
Fikrlar