Rasman: "Milan" La Ligadagi himoyachini ijaraga oldi
13 jan 2020 16:57
Yangiliklar
Rasman: "Milan" La Ligadagi himoyachini ijaraga oldi
"Sevilya" himoyachisi Simon Ker ijara asosida "Milan"ga o'tdi.
Bu haqda milanliklar rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda. SHartnomada o'yinchini sotib olish huquqi ham bor.
Simon Kerning transfer huquqi "Sevilya"ga tegishli. 30 yoshli markaziy himoyachi o'tgan yildan buyon "Atalanta"da ijara asosida o'ynayotgan edi.
Futbolchi 2009 yildan beri Daniya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Ker joriy mavsum barcha musobaqalarda 22ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikrlar