Rasman. Massimo Karrera “Spartak” bosh murabbiyi etib tayinlandi
18 avg 2016 00:55
Yangiliklar
Rasman. Massimo Karrera “Spartak” bosh murabbiyi etib tayinlandi
Italiyalik mutaxassis Massimo Karrera Moskvaning “Spartak” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bu malumotni “qizil-oqlar” rasmiy sayti ham tasdiqladi. Avvalroq, turkmanistonlik mutaxassis Qurbon Berdievning “Spartak” klubini boshqarishi aytilgandi. Lekin yakunda tomonlar o'zaro bir bitimga kela olishmadi.
Natijada Berdiev “Rostov”dagi ishini davom ettiradi. Xabarda aytilishicha, Karrera “Spartak” bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. Massimo Rossiya chempionatining dastlabki ikki turida jamoa bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlagan edi.
Fikrlar