Rasman: "Manchester Yunayted" murabbiyi jamoani tark etadi
13 may 2018 11:11
Yangiliklar
Rasman: "Manchester Yunayted" murabbiyi jamoani tark etadi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi yordamchisi Ruy Fariya mavsum yakunlanganidan keyin jamoani tark etadi.
"Uzoq vaqt o'yladim va yuragimdagi og'irlik bilan aytaman, olg'a ketishning vaqti keldi. Men esdan chiqarmaydigan va ajoyib 17 yilni o'tkazdim, endi esa men o'zimning professional faoliyatimni boshlab, yangicha mashaqqatlarni boshimdan o'tkazishim kerakligini his qildim.
Bosh murabbiy Joze Mourino menga ishondi. U menga tajribasini bergani, o'z bilimlarini menga ulashgani va asosiysi do'st bo'lgani uchun faqatgina minnatdorlik bildiraman. O'zim ishlagan oldingi jamoalarimga ham "Manchester Yunayted" kabi rahmat aytaman", - dedi Fariya klub rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar