Rasman: "Manchester Siti"ning sobiq o'yinchisi futbolchilik faoliyatini yakunladi
26 iyu 2019 18:01
Yangiliklar


Rasman: "Manchester Siti"ning sobiq o'yinchisi futbolchilik faoliyatini yakunladi
"Manchester Siti"dagi o'yinlari bilan muxlislarga tanish bo'lgan Mayka Richards futbolchilik faoliyatini yakunladi.
31 yoshli sobiq futbolchi faoliyatini "Manchester Siti"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Richards 2005 yildan 2015 yilgacha "shaharliklar" sharafini himoya qilgan. 2014-2015 yillar mobaynida "Fiorentina"da ijara asosida to'p surgan.
Himoyachi professional futbolchilik faoliyatining so'nggi yillarini (2015-2019) "Aston Villa"da o'tkazdi.
Futbolchi shuningdek 2006 yildan 2012 yilgacha Angliya terma jamoasida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar