Rasman: "Manchester Siti" darvozaboni ijara asosida "Midlsbro"ga o'tdi
19 iyu 2022 21:52
Yangiliklar
Rasman: "Manchester Siti" darvozaboni ijara asosida "Midlsbro"ga o'tdi
"Manchester Siti" va AQSH terma jamoasi darvozaboni Zak Steffen 2022/2023 yilgi mavsumni ijara asosida "Midlsbro"da o'tkazadi, deb xabar bermoqda "shaharliklar" rasmiy sayti.
Darvozabonning yangi jamoasi Angliyaning ikkinchi eng kuchli ligasi sanalmish CHempionshipda o'ynaydi.
"Siti"dagi ikki mavsumda SHteffen 21 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol o'tkazib yuborgan. Klub bilan birgalikda ikki marta Angliya Premer-ligasi va bir marta Liga Kubogini qo'lga kiritgan.
Darvozabon AQSH terma jamoasi safida 29 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 28 ta to'p olib chiqqan.
SHuningdek, Steffen faoliyati davomida Amerikaning "Kolambus Kryu" va "Pittsburg Riverxaunds" klublari, Dyusseldorfning "Fortuna" jamoasi va "Frayburg"ning ikkinchi jamoasida harakatlangan.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" APLning yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 7 avgust kuni safarda "Vest Xem"ga qarshi o'tkazadi.
Fikrlar