Rasman: Lukas Podolski Turkiya Superligasiga qaytdi
23 jan 2020 20:05
Yangiliklar


Rasman: Lukas Podolski Turkiya Superligasiga qaytdi
Germaniyalik hujumchi Lukas Podolski faoliyatini yana Turkiya bilan bog'laydi.
34 yoshli futbolchi "Antalyaspor" azosiga aylandi. Avvalroq, forvard ushbu jamoa bilan yarim yillik kelishuvga erishgani aytilgandi.
Podolski 18 yanvar kuni “Vissel Kobe”ni tark etdi va erkin agentga aylandi.
Lukas 2015-2017 yillarda Turkiya chempionatining boshqa bir jamoasi “Galatasaroy” safida o'ynab, 56 o'yinda 20 gol urishga erishgan.
Malumot o'rnida, "Antalyaspor” Superliga joriy mavsumining 18-turidan keyin 14 ochko to'plagan holda autsayderlar qatori, yani, 16-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar