Rasman: "Liverpul" futbolchisi "Zenit"ga o'tdi
27 iyu 2020 17:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/583459_original.jpg)
![](/upload/storage/583459_220.jpg)
Rasman: "Liverpul" futbolchisi "Zenit"ga o'tdi
"Liverpul" himoyachisi Deyan Lovren "Zenit" o'yinchisiga aylandi.
31 yoshli xorvat bilan tuzilgan shartnoma 3 yilga mo'ljallangan.
"Zenit" futbol klubi Deyan Lovren Peterburgga chorlaydi va "ko'k-oq-ko'klar" safida muvaffaqiyatlar tilaydi", - deyiladi klub xabarida.
Transfer 8,5dan 12 million evrogacha bo'lgan mablag' evaziga amalga oshgan, futbolchining o'zi rus klubida yiliga 2,5 million evro maosh oladi.
Lovren 2014 yildan beri "Liverpul" sharafini himoya qiladi. U "qizillar" tarkibida jami 185ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar