Rasman: Jorje Jezushda ham koronavirus aniqlandi
17 mar 2020 12:57
Yangiliklar
Rasman: Jorje Jezushda ham koronavirus aniqlandi
"Flamengo" o'yinchilari va xodimlari koronavirus uchun test topshirishdi.
Dastlab jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushning tahlili shubhali ko'rinish oldi va u yana qayta tekshirildi.
Afsuski, 65 yoshli portugaliyalik mutaxassis koronavirusga chalingani malum bo'ldi.
"Flamengo"ning barcha jamoalari kamida bir haftaga mashg'ulotlarni to'xtatishdi.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin "Flamengo" vice-prezidenti Maurisio Gomes de Matosda koronavirus aniqlandi. Mart oyi boshida u "Real" prezidenti Florentino Peres bilan uchrashgan edi.
Fikrlar