Rasman: Islom To'xtaxo'jaev “Qizilqum” bilan shartnoma imzoladi
01 mar 2021 22:29
Yangiliklar


Rasman: Islom To'xtaxo'jaev “Qizilqum” bilan shartnoma imzoladi
Tajribali himoyachi, O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Islom To'xtaxo'jaev yangi mavsumda “Qizilqum” sharafini himoya qiladi.
Islom faoliyati davomida “Neftchi”, “Lokomotiv” Xitoyning "SHenyan Urban" klublarida to'p tepgan. U Superliga (Oliy liga)da jami 251 o'yinda maydonga tushgan va 21ta gol urishga erishgan.
31 yoshli markaziy himoyachi milliy terma jamoada esa 71 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 bor raqib darvozasini aniq nishonga olgan.
Islom “Qizilqum”da 20-raqam ostida to'p tepadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar