Rasman: Grilish "Aston Villa" bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirdi
15 sen 2020 18:08
Yangiliklar


Rasman: Grilish "Aston Villa" bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirdi
"Aston Villa" sardori Jek Grilish faoliyatini Birmingem klubida davom ettiradi.
Angliyalik futbolchi "Villa" bilan shartnomasini 2025 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Uning haftalik maoshi 125 ming funtni tashkil etadi.
Oldinroq, Grilishga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirgandi, ammo "Aston Villa" o'yinchi uchun 75 million funt talab qildi.
Jek o'tgan mavsum APL doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar