Rasman: Vissam Ben Yedder boshqa klubga o'tdi
14 avg 2019 12:30
Yangiliklar


Rasman: Vissam Ben Yedder boshqa klubga o'tdi
Hujumchi Vissam Ben Yedder "Monako" bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. 29 yoshli futbolchi klub bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Transfer 40 million evroga baholanmoqda.
Ben Yedder yakunlangan mavsum "Sevilya" safida barcha musobaqalarda 54ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 11ta assistga erishgan.
Eslatib o'tamiz, Franciya terma jamoasi hujumchisi "Sevilya"dan oldin "Alforvil" va "Tuluza" klublari sharafini himoya qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar