Rasman: FIFA taqiqidagi "CHelsi" yozgi transferni elon qildi
01 iyu 2019 21:28
Yangiliklar
Rasman: FIFA taqiqidagi "CHelsi" yozgi transferni elon qildi
O'tgan mavsumni ijara asosida "CHelsi"da o'tkazgan Mateo Kovachich klub bilan to'laqonli shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy sayti xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi "CHelsi" bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.
Futbolchi o'tgan yili "CHelsi"ga ko'chib o'tgani uchungina klub bilan shartnoma imzolay oldi. CHunki "CHelsi" yozgi va qishki transferlar oynasida birorta futbolchini sotib ololmasligi borasida taqiqqa uchragandi.
Oldinroq "CHelsi" xorvatiyalik uchun "Real"ga 50 million evro to'lashi borasida malumotlar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Fikrlar