Rasman: Fernandesh MYU bilan shartnomasini 2026 yilga qadar uzaytirdi
01 apr 2022 14:08
Yangiliklar
Rasman: Fernandesh MYU bilan shartnomasini 2026 yilga qadar uzaytirdi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh shartnomasini uzaytirdi.
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
27 yoshli portugaliyalik bilan yangi kelishuv 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Xavbek yiliga 14-15 million evro maosh oladi.
Fernandesh MYUda 2020 yilning yanvaridan beri o'ynamoqda. Xavbek joriy mavsum APL doirasidagi 27ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 6ta assist qayd etdi.
Fikrlar