Rasman: Felipe Anderson APL klubiga o'tdi
15 iyu 2018 14:21
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/444003_original.jpg)
![](/upload/storage/444003_220.jpg)
Rasman: Felipe Anderson APL klubiga o'tdi
"Lacio" yarim himoyachisi Felipe Anderson faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.
Futbolchi "Vest Xem" bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda London klubining "tvitter"dagi sahifasi elon qildi.
Kelishuv 4 yilga mo'ljallangan. Ingliz klubi "Lacio"ga transfer uchun 35 mln. funt (+7 mln. bonus) to'laydi.
Oldinroq, “Vest Xem” jamoasi 25 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 30 mln evro to'lashi, biroq turli bonuslari bilan bu mablag' 38 mln evroga etishi mumkinligi xabar berilgan edi. Andersonning o'zi London klubida yiliga 3,5 mln evro ishlab topadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar