Rasman: Emeri "Vilyarreal" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi
23 iyu 2020 15:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582797_original.jpg)
![](/upload/storage/582797_220.jpg)
Rasman: Emeri "Vilyarreal" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi
"Vilyarreal" Unai Emerini jamoaga bosh murabbiy etib tayinladi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Emeri klub bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Emeri bundan oldin ham La Ligada ishlagan.
Ispaniyalik "Valensiya" va "Sevilya"da ishlagan va 3 bor Evropa Ligasi chempioniga aylangan. Bundan tashqari, "Spartak", PSJ va "Arsenal" jamoalarini ham boshqargan.
Oldinroq, "Vilyarreal" jamoa bosh murabbiyi Xaver Kalexani istefoga chiqargan edi. Klub uning qo'l ostida La Ligada 5-o'rinni egallagan va Evropa Ligasining guruh bosqichiga yo'llanma olgan edi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar