Rasman: Elanga – "Nottingem Forest" futbolchisi!
25 iyu 2023 15:30
Yangiliklar


Rasman: Elanga – "Nottingem Forest" futbolchisi!
"Nottingem Forest" "Manchester Yunayted" hujumchisi Entoni Elanga bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
SHveciyalik futbolchi "Nottingem" bilan 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, 5 yillik shartnoma imzoladi.
OAV xabariga ko'ra, transfer 15 million funtni tashkil qilgan.
Elanga – "Malmyo" tarbiyalanuvchisi. U "Manchester Yunayted" safida 55 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar