Rasman: Donnarumma "Milan"dan ketadi
26 may 2021 22:48
Yangiliklar
Rasman: Donnarumma "Milan"dan ketadi
"Milan" posboni Janluijji Donnarumma ushbu mavsum to'liqligicha yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida klubdan ketadi.
Bu haqda klub sport direktori Paolo Maldini xabar berdi.
"Bazida odamlar professionallik nimaligini bilishmaydi. Barchasi ayon bo'lib turibdi. Malumotni matbuotdan yashiradigan joy qolmadi", - deb qo'shimcha qildi Maldini.
Italiya matbuoti xabariga ko'ra, posbonga "Yuventus" tomonidan qiziqishlar bor. Biroq agent Mino Rayola mijozi uchun 10 mln evro maosh to'lay oladigan klub izlamoqda. SHuningdek, agentning o'ziga mukofot puli sifatida 20 mln evro ham o'tkazib berilishi kerak bo'ladi. SHu shartlarga ko'ngan klub Donnarumma bilan shartnoma imzolaydi.
O'tgan mavsumda Donnarumma "Milan" tarkibida 48 o'yinda qatnashib, 54 gol o'tkazib yubordi.
Fikrlar