Rasman: Diego Maradona Brestning “Dinamo” klubiga prezident bo'ldi
16 may 2018 07:50
Yangiliklar
Rasman: Diego Maradona Brestning “Dinamo” klubiga prezident bo'ldi
Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi va murabbiyi Diego Maradona Brestning “Dinamo” klubi bilan shartnoma imzolaganini tasdiqladi.
“SHartnoma imzoladim, endi “Dinamo” Brestning prezidenti lavozimida ishlayman. Ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman”, – deya yozadi Maradona Instagram ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Maradona klub bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. U klubdagi ishiga Rossiyadagi JCH yakunlanishi bilan ishga kirishadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Maradona “Dinamo”ga murabbiy yoki sport direktori bo'lib kelishi haqida xabarlar tarqalgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди
Тьерри Анри Винисиус билан боғлиқ ирқчилик ҳодисаси ҳақида: "Мен "Реал"ни ёқтирмайман, лекин бугун мадридистман"
Винисиус кечаги воқелардан сўнг баёнет билан чиқди
Расман: УЕФА "Бенфика" — "Реал" ўйинидаги ирқчилик можароси бўйича суриштирув бошлади
Fikrlar