Rasman: CSKA "Everton" futbolchisini sotib oldi
19 iyu 2019 17:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/502182_original.jpg)
![](/upload/storage/502182_220.jpg)
Rasman: CSKA "Everton" futbolchisini sotib oldi
CSKA 2018/19 yilgi mavsum "armiyachilar" tarkibida ijara asosida to'p surgan "Everton" futbolchisi Nikola Vlashich bo'yicha ingliz klubi bilan kelishuvga erishdi.
Xorvatiyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. Bu muddat 2023/24 yilgi mavsumgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.
21 yoshli yarim himoyachi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 7ta assistga erishgan. Transfermarkt futbolchini 20 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar