Rasman: "CHangchun Yatay" Samvel Babayanni istefoga chiqardi
05 okt 2020 17:24
Yangiliklar


Rasman: "CHangchun Yatay" Samvel Babayanni istefoga chiqardi
O'zbekistonlik mutaxassis Samvel Babayan "CHangchun Yatay"dan ketdi.
Bu haqda klubi matbuot xizmati xabar bermoqda. Babayan jamoani o'tgan yilning dekabr oyidan beri boshqarib kelayotgandi.
"CHangchun Yatay" quyi diviziondagi "C" guruhida 7 turdan so'ng 14 ochko (4 g'alaba, 2 durang va bir mag'lubiyat) jamg'argan holda 2-o'rinda borayotgan edi.
Jamoani endilikda CHen Yan boshqarib boradi.
Saytimizga malum bo'lishicha, ushbu istefo natijalar bilan bog'liq emas. Yaqin vaqt ichida Samvel Babayan championat.asia saytiga intervyu berishga rozilik bildirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar