So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  2 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Rasman: “Buxoro” Gess bilan bir yillik shartnoma tuzdi Yangiliklar

Rasman: “Buxoro” Gess bilan bir yillik shartnoma tuzdi

Biroz oldin xabar berganimizdek, “Buxoro” klubida bosh murabbiy o'zgardi.
Mavsumni Tachmurod Agamurodov boshchiligida o'tkazgan buxoroliklar yakunda 7-o'rin bilan kifoyalandi. Bu - rahbariyatni qoniqtirmagan ko'rinadi. SHuning uchun ham turkmanistonlik murabbiy bilan hamkorlik to'xtatildi.

“Buxoro” FK bosh murabbiylikka Edgar Gessni olib kelishga qaror qildi. Bungacha “Andijon”, “Nasaf”, “SHo'rtan” kabi jamoalarni boshqargan Edgar Yakovlevich hozirda Buxoroda bo'lib turibdi. Tasdiqlangan xabarga ko'ra, murabbiy yangi jamoasi bilan bir yillik bitimga imzo chekkan.

Aytish kerakki, jamoani birgina Agamurodov tark etmagan. Bungacha bosh murabbiyga yaqindan yordam berib kelgan Jamshid Saidov, Sergey Zaxareckiy, Kamo Gazarov singari murabbiylarga ham ochiq eshiklar ko'rsatilgan.

Faqatgina jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ishlab kelayotgan Evgeniy Antonenko jamoada faoliyatini davom ettiradigan bo'ldi.

CHempionat yakuniga etgach, futbolchilarga tatil elon qilingan. Katta extimol bilan yangi murabbiy futbolchilarni 5 dekabrga yig'ishni rejalashtirgan.

SHuningdek murabbiylar shtabiga ham yangilar jalb etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика