Rasman: Bunyodkorning sobiq ustozi Kruzeyro bosh murabbiyi
16 okt 2020 08:55
Yangiliklar


Rasman: Bunyodkorning sobiq ustozi Kruzeyro bosh murabbiyi
Bunyodkor, CHelsi, Braziliya va Portugaliya terma jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari Kruzeyroda ish boshlashi rasman elon qilindi.
Braziliya jamoasining rasmiy saytining xabar berishicha, klub murabbiy bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Eslatib o'tamiz, «Kruzeyro»ning amaldagi bosh murabbiyi Ney Franko V Seriya 15-turida «Oeste» klubi bilan o'yinda qayd etilgan nursiz durangdan keyin istefoga chiqarilgan.
71 yoshli mutaxassis uchun esa «Kruzeyro» begona emas. U mazkur klubni 2000–2001 yillarda boshqargan. «Ko'klar» Braziliya chempionati joriy mavsumining ortda qolgan 15 turidan keyin 12 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog'onasini egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar