Rasman: Buffon “Yuventus”dan ketishini elon qildi
11 may 2021 19:39
Yangiliklar


Rasman: Buffon “Yuventus”dan ketishini elon qildi
Janluiji Buffon joriy mavsum tugagach, turinliklarni tark etishini aytdi.
“Kelajagim allaqachon hal bo'lgan. “Yuventus”dagi ajoyib faoliyatim shu yili o'z nihoyasiga etadi. “Yuve”ga barcha narsani berdim deb o'ylayman, o'zim esa kerakli hamma narsani oldim va hatto ko'prog'iga ham ega bo'ldim.
Yoki faoliyatimni to'xtataman yo bo'lmasa meni o'ynashda davom etishga undovchi vaziyatga etiborimni qarataman. Balki, boshqacha hayotiy tajribaga ham ega bo'larman”, deydi Buffon.
43 yoshli darvozabon “Parma”ga qaytishi xabar qilingandi. U futboldagi faoliyatini aynan mazkur jamoada boshlagan.
Eslatib o'tamiz, Buffon 2001-2018 yillar hamda 2019 yildan hozirgi kungacha “keksa senora” sharafini himoya qildi. SHuningdek, u bir mavsum PSJda ham o'ynagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar