Rasman: "Borussiya" Sanchoning transferi borasida MYU bilan 85 mln evrolik kelishuvni tasdiqladi
01 iyu 2021 15:02
Yangiliklar
Rasman: "Borussiya" Sanchoning transferi borasida MYU bilan 85 mln evrolik kelishuvni tasdiqladi
"Borussiya" vinger Jeydon Sanchoning traansferi bo'yicha "Manchester Yunayted" bilan kelishuvga erishdi.
Bitimning moliyaviy tomoni haqida aytilishicha, transfer narxi 85 million evroni tashkil etadi.
Bundan tashqari, qo'shimcha bonuslar haqida malumot berilmagan, vaholanki oldinroq, dortmundliklarning qo'shimcha tarzda 10 million evro olishlari aytilgan edi.
Sancho bitimni yakunlash uchun MYUda tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tishi qoldi.
U "Yunayted" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Oldinroq malumot berilganidek, u Angliya klubida bonuslar bilan haftasiga 250 ming funtdan ortiq ishlab topadi.
Fikrlar