Rasman: "Borussiya" futbolchisi "Ayntraxt"ga o'tdi
27 dek 2018 23:37
Yangiliklar
Rasman: "Borussiya" futbolchisi "Ayntraxt"ga o'tdi
Dortmundning "Borussiya"si yarim himoyachisi Sebastyan Rode "Ayntraxt"ga o'tdi.
Bu haqda Frankfurt jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Futbolchi mavsum yakuniga qadar sotib olish sharti bilan ijaraga olindi.
Bu mavsumda xavbek "arilar" tarkibida birorta o'yinda qatnashmadi. U bunga qadar 2010-2014 yillar davomida "Ayntraxt"da faoliyat olib borgan.
28 yoshli Rode 2016 yildan buyon dortmundliklar safida 22 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Ungacha Rode "Bavariya"da ham faoliyat olib bordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar