Rasman: "Borussiya" "Birmingem"ning 17 yoshli xavbeki bilan shartnoma imzoladi
20 iyu 2020 14:34
Yangiliklar
Rasman: "Borussiya" "Birmingem"ning 17 yoshli xavbeki bilan shartnoma imzoladi
Jud Bellingem "Birmingem"dan "Borussiya" (Dortmund)ga o'tdi.
17 yoshli angliyalik futbolchi yangi klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.
"Borussiya" o'yinchining transferini The Beatles'ning "Hey Jude" ("Ey, Jud") nomli qo'shig'i bilan elon qildi.
Xabarga ko'ra, "Borussiya" yosh xavbek uchun 23 million evro to'lagan.
Bellingem joriy mavsum CHempionship doirasidagi 40ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Fikrlar